PASTDARG‘OM TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA
#Hozir
Ayni paytda, Pastdarg‘om tumanida so‘ngi bir oy ichida obodonchilik, bunyodkorlik va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan "Tibbiyot - xalq bilan davlat o‘rtasidagi adolatli ko‘prikdir!" mavzusida seminar boshlandi.
Ushbu seminarda viloyat hokimligi masʼullari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari, tuman-shahar tibbiyot birlashmalari bosh vrachlari va masʼullari ishtirok etishmoqda.
Seminar ishtirokchilarining dastlabki manzili bo‘lgan Bog‘onali Oilaviy shifokor punktida tibbiy brigada faoliyati, aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan skrining dasturlari va profilaktik ko‘riklar bilan tanishiladi.