insurez
20-02-2026 16:13

Pastdarg‘om – Tailand hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda


Yurtboshimiz olib borayotgan oqilona siyosat natijasi o‘laroq, O‘zbekiston jahon bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda. Xususan, Pastdarg‘om tumani ham xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab, ko‘plab xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Shu maqsadda tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosari hamrohligida O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

🇹🇭Muloqot davomida Pastdarg‘om tumani hamda Bankok o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tumanimizning qishloq xo‘jaligi, sanoat va logistika yo‘nalishidagi salohiyati taqdim etildi.

Teglar
- -