insurez
15-09-2025 15:01

OSIYO CHEMPIONATINING ILK KUNIDA


Ayni kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati musobaqalari o'tkazilmoqda.

Qit’a birinchiligining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. Bugun tatamiga chiqqan 8 nafar dzyudochimizning bari Osiyo chempionati g‘olib va sovrindoriga aylandi. 

Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etayotgan pastdarg'omlik Nigina Umrzoqova 52 kilogram vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.

Biz tumandoshimizni yuksak natija bilan tabriklab, kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz.

Teglar
- -