insurez
18-08-2024 17:31

OBOD MANZILLAR TAROVATI


Tumanimizning meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida ulardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, Go‘zalkent mahallasida ham amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami keng. 

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosarlari va biriktirilgan mas'ullar hamrohligida hududda amalga oshirilayotgan hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan joylarda muhokama o‘tkazdi. 

Mahalliy aholi bilan xonadonlarni tartibga keltirish va uylarning fasad qismini ta'mirlash bo‘yicha kelishib olingan bo‘lsa, yangi mahalla binosi va hunarmandlar markazi qurilishi yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan suhbatlashildi. 

Shu kabi, daraxtlarni ranglash, xonadonlarni, ko‘chalarni hamda mahallani obod qilish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yakuniga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Teglar
- -