NURONIYLAR MASLAHATI OLTINGA TENG!
#Ayni_paytda
NURONIYLAR MASLAHATI OLTINGA TENG!
Erta tongdan tuman hokimi sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida hamda tuman uchun faol mehnat qilgan tajribali mutaxassislar, mehnat faxriylari hamrohligida yig‘ilish o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, paxta dalalarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan bo‘ldi.
Guruhlarga bo‘lingan faxriy mutaxassislar ayni vaqtda yo‘lga otlanib, jadal ketayotgan g‘o‘za parvarishlashi yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga zarur maslahatlar beradilar.
Shu kabi, chekanka qilish, suvdan oqilona foydalanish, dala madaniyati, takroriy ekin masalalari ham o‘rganiladi.