NOQONUNIY YENGIL KONSTRUKSIYA VA BINO QURMANG
✅Tumanimizda tadbirkorlik subyektlarining rivojlanayotgani, bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlarining qad rostlayotgani tahsinga sazovordir.
🆙Biroq, shu bilan birga hududlarda belgilangan tartibda qurilmayotgan obyektlar va yengil konstruksiyali do‘konlarning ko‘zga tashlanayotgani ham sir emas.
👨💼Tuman hokimi sektor rahbarlari hamda masʼullar ishtirokida Samarqand-Juma yo‘nalishi bo‘ylab yengil konstruksiyali do‘konlar qurilish ishlarini boshlagan tadbirkorlar obyektlarini o‘rgandi.
✅Shuningdek, ularning va boshqa yo‘l ustida qurilayotgan xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilish ishlari barcha talab va meʼyorlarga javob bera olishini ko‘zdan kechirdi.
✅Qurilish ishlarida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
✅Shu kabi, qonuniy tartibda bunyodkorlik ishlarini boshlagan fuqarolar qo‘llab-quvvatlanishi taʼkidlandi.
📱Aziz hamyurtlar, eslatib o‘tamiz! Agarda siz tadbirkorlik qilish maqsadida bino qurmoqchi bo‘lsangiz, tuman qurilish bo‘limiga yoki kadastr agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.