NOQONUNIY REKLAMA UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Hududimizda e’lonlar, peshlavhalar va reklama matnlarining qonunchilik talablariga mosligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bu uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima belgilangan.
Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablariga mosligi tekshirildi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida” gi qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu talablarni buzish ma’muriy va moddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Qonunlarga rioya qilaylik! Yaqinlaringizni ogohlantiring!