insurez
23-07-2024 09:15

Nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar o'tkaziladi


Nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar o'tkaziladi

Pastdarg'om tuman IIB binosida viloyat hokimining "Xavfsiz oila" maxsus profilaktik tadbirlarini o'tkazish bo'yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasida yig'ilish o'tkazildi.

Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman bo'limi mas'ullari, oila va xotin-qizlar bo'limi mutasaddilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda  profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. 

Tadbirda so'z olganlar, oilalar mustahkamligini saqlash uchun nizoli oilalar bilan muntazam ishlash, muammosini o'rganish va hal etish lozimligini bu orqali yuzaga kelishi mumkun bo'lgan ko'ngilsiz holatlarning  yuzaga kelishining oldini olinishini ta'kidlashdi.

Bu bo'yicha bugundan ishlarni tashkil etish, sektorlar kesimida nizoli oilalar bilan tushuntirishlar olib borish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Teglar
- -