NAVBATDAGI UCHRASHUV GUMBAZLIKLAR ISHTIROKIDA O‘TKAZILDI
Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Gumbaz mahallasi fuqarolari va yoshlari uchun bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, tuman IIB mutasaddilari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, gulzorlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, binolar atrofini tartibga keltirish kabi bir qator muhim masalalar ilgari surildi.
Shuningdek, mazkur mahalla "qizil hudud"ga kiritilgani bois faollar va nuroniylar ham jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli tashkilotlar bilan faol hamkorlikda ish olib borishi lozimligi taʼkidlanib, ushbu xususida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilandi.
Shu kabi, uchrashuv davomida ushbu mahallada yaqinda sodir etilgan jinoyat muhokamasi ham o‘tkazilib, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, oliy taʼlimga qamrovni oshirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, soliq va kommunal to‘lovlar hamda hasharlar tashkil qilish, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
Fuqarolar va yoshlar tomonidan qilingan elektr tarmog‘i ustunlari o‘rnatish, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, aholi tomorqasi uchun suv keltirish kabi 20 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.