insurez
16-04-2025 15:55

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI


Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Davlat xizmatlari markazi binosida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman DSI boshlig‘i, Savdo-sanoat palatasining tuman masʼullari va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, 20 ga yaqin tadbirkorlarning muammo, takliflarini o‘rganishdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kadastr, yuridik xizmatlar, auksion, kredit, yer hamda faoliyatini kengaytirish uchun amaliy yordam kabi turli murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -