insurez
03-10-2025 18:29

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI


Pastdarg‘om tumanida "Tuman hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi" tashkil etilgani xususida xabar qilgan edik.

Tumanimizdagi "Sam Absolut servis" MCHJda mazkur kengashning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi H.O‘roqov, rais o'rinbosari N.Ibragimov va tumanimizda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi bir qator xorijiy va mahalliy yirik tadbirkorlik subyektlari taʼsischilari hamda rahbarlari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, mazkur korxona yiliga 4,2 milliard so‘mlik 600 ming dona sanitariya-gigiyenik vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, hozirda unda 50 nafarga yaqin aholining bandligi taʼminlangan.
Dastlab, tadbir qatnashchilari ushbu ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, mahsulotlar sifati va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va korxona faoliyati kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar turini ko'paytirish hamda marketing masalalari borasida tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan faoliyatiga oid muammo va kamchiliklar o‘rtaga tashlandi. Barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularning yechimlari bo‘yicha ish olib borish belgilandi.

Shu kabi, bunday uchrashuvlar tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish, yurtimiz taraqqiyoti hamda xalq farovonligiga hissa qo‘shish uchun xizmat qilishi xususida so‘z yuritilib, ushbu kengash yig‘ilishi muntazam davom etishi taʼkidlandi.

Teglar
- -