insurez
26-05-2025 14:21

NAVBATDAGI O‘ZBEKISTON CНEMPIONLARIGA G‘ALABA MUBORAK


Bir necha kun avval Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan "Muay-thai bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati" musobaqalari yakunlandi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda pastdarg‘omlik sportchilar yaʼni, tumanimizdagi "BEK" sport klubi sportchilari ham ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishdi.

Jumladan, Samir Musinov va Texron Jahongirovlar o‘z vazn toifalarida mutloq g‘olib bo‘lib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jonibek Jahongirov hamda Anvar Sobirovlar kumush medal sohibiga aylanishdi.

Biz yosh chempionlarimiz qatorida ularning ota-onalari hamda murabbiylarini ham navbatdagi g‘alaba bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz.

Teglar
- -