MUZOKARALAR NATIJALARI MUHIM KELISHUVLAR BILAN MUSTAHKAMLANDI
Pastdarg‘om tumani delegatsiyasi Eron davlatida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turar ekan, tumanimizga yangi tadbirkorlik loyihalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Tuman hokimi Sherzod Rahmonov va delegatsiya aʼzolari Mashxad shahrida Eron davlatidagi yagona tizimli polietilen va plastmassa xomashyosidan har turdagi mahsulotlar uchun qadoqlar ishlab chiqaruvchi "Amir Chap" nomli korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishganligi hamda o‘zaro hamkorlik aloqalrni o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda, muzokaralar yakuniga yetkazilib, korxona taʼsischisi va rahbari janob Iman Amir bilan tumanimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.