#Munosabat
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tumanimizning “Parchaqora” mahallasidagi Karim bobo qishlog‘ida yashovchi aholi, qishloqdagi 3-4 kilometrlik yo‘lning abgor holatda ekanligi sababli yozda changdan va yog‘ingarchilik mavsumida loydan aziyat chekayotgani bayon etilgan murojaat eʼlon qilindi.
Ushbu murojaat yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DMdan maʼlumot oldik.
Sizga shuni yozib maʼlum qilamizki, Pastdargom tumani Parchaqora mahallasi “Karim Bobo” qishlog‘idan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K 543 "Juma sh - A.Temur fermerlar uyushmasiga - Eskianxor q" avtomobil yo‘lining 6 - 11 km oralig‘i taʼmirtalab ahvolda.
Ushbu avtomobil yo‘lni taʼmirlash uchun Samarqand viloyati avtomobil yo‘llar bosh boshqarmasiga bosqichma-bosqich taʼmirlash uchun taklif berilgan. Taʼmirlash ishlari uchun 3 750,0 mln. sum mablag‘ talab etiladi.