insurez
16-04-2025 08:00

MUHIM VAZIFALAR YUZASIDAN ONLAYN MUHOKAMA


Erta tongdan tuman hokimi tomonidan tashkilotlar rahbarlari, 107 ta mahalla “yettiligi” a’zolari, xududlar faollari hamda oqsoqollari ishtirokida Zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Shu kabi, hududlarni obodonlashtirish, asosiy va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, qabristonlarda navbati bilan hasharlar tashkil qilish, ichki suv yo‘llarini qazish, betonlashtirish, bahor mavsumida yo‘l yoqasiga ekiladigan gullarning rejalari kabi bir qator masalalar ilgari surildi.

Shuningdek, tomorqa madaniyati va undan unumli foydalanish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, ayrim mahallalardagi aholi xonadonlarida tomorqalar holati tanqid ostiga olindi va ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Shu qatorda, aholi murojaatlari bilan ishlash, birinchi chorak davomida amalga oshirilgan asosiy vazifalar tahlili va shu kabi boshqa bir qator muhim vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -