MOTAMSARO ONA HAYKALI POYIGA GULCHAMBAR QO‘YILDI
Erta tongda tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, deputatlar, tuman faollari, hokimlik, nuroniylar, tashkilotlar va harbiylar, shuningdek, front orti mehnat faxriylari hamda Afg‘on urushi qatnashchilari “Xotira maydoni”da to‘plandilar.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangrab, unga hurmat bajo keltirildi.
Shundan so‘ng, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan musiqa sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.