MEHNAT FAXRIYLARI TAQDIRLANDI
Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan 68 nafar Samarqandlik keksa avlod vakillari taqdirlandi.
Shular qatorida, 4 nafar Pastdarg‘omlik nuroniylar ham bor.
Said Mirzayev hamda Abdujabbor Xushmurodovlar I-darajali, Azamat Ro‘ziqulov II-darajali, Baxtiyor Egamberdiyev III-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yillar davomida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarga bo‘lgan yuksak ehtiromning munosib namunasidir.