insurez
12-09-2024 14:52

MAVSUMGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA


Kunlar sovishi bilan barcha qishga hozirlik ko‘rishni boshlaydi. Shu bosi, tumanimizda ham mavsumga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan zarur choralar ko‘rilyapti.

Jumladan, aholini muqobil yoqilg‘i bilan taʼminlash maqsadida “Iskandari” mahallasida “Ko‘mir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Maroqand” ko‘mir omborxonasida 594 tonna ko‘mir zaxirasi jamg‘arilgan.

Muqobil yoqilg‘iga ehtiyoj sezgan fuqarolar o‘zlari istiqomat qilayotgan mahalladan maʼlumotnoma olib, omborxonadan ko‘mir olib chiqib ketishyapti.

Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida, ko‘mir omborida bo‘lib, aholi kayfiyati bilan qiziqdi. Ko‘mir olib ketishga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashish barobarida, muqobil yoqilg‘i zaxirasini ko‘zdan kechirib, tarqatish jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, tegishli masʼullarga ko‘mir olib ketish uchun kelgan aholi va haydovchilarga qulayliklar yaratish, o‘z vazifasini tartib intizom hamda masʼuliyat bilan ado etish borasida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -