insurez
13-09-2025 14:57

MAVSUMGA HOZIRLIK


Hademay paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanadi. Mirishkor dehqonlaru, fermerlar tomonidan yetishtirilgan hosilni betalofat yig‘ib olish albatta puxta tayyorgarlik va masʼuliyat talab qiladi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov Zarafshon MMTB hududida prokuratura va qishloq xo‘jaligi mas‘ullari hamrohligida o‘tkazgan uchrashuvida ushbu masala xususida to‘xtaldi.

Shuningdek uchrashuvda paxta yig‘im-terimi mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, texnika va boshqa xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, texnikalar shayligi, paxta jamlash maskanlarining holati kabi bir qator muhim masalalar borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, dala cheti madaniyatiga rioya qilish, suv yo‘llarini qazish, tozalash, ekin maydonlari atrofini obodonlashtirish masalalariga ham alohida e‘tibor qaratildi.

Teglar
- -