insurez
14-09-2024 14:56

MAVSUM RISOLADAGIDEK O‘TISHI LOZIM


Bugun, sektor rahbarlari tumanimizdagi barcha mahalla masʼullari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirokida 2024-yil paxta-yig‘im terim mavsumini risoladagidek o‘tkazish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etildi.

"Olti qahramon" mahallasidagi "Nurli oromgoh" bazmgohida 1-3-sektor hududidagi mahallalar masʼullari va paxta-g‘alla fermer xo‘jaliklari rahbarlari "Kamalak Invest" MCHJ korxonasi rahbarlari, ta`sischilari, qishloq xo`jaligi tashkilotlari va boshqa aloqadorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda paxta-yig‘im terim mavsumiga tayyorgarlik ishlarinig yakuni hamda mavsumni betalofat o`tkazish xususida so‘z yuritildi.

Jumladan, mahalla va fermer xo`jaliklari tomonidan terimchilar ro‘yxatlarini shakllantirish, paxta dalalariga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, terimchilarga yaratilishi lozim bo‘lgan qulayliklar, sharoitlar, terim uchun to`lovlarni o`z vaqtida to`lash, paxta tashish texnikalarining holati, oziq-ovqat, shaylik va xavfsizlik kabi yana bir qator masalalari ilgari surildi.

Xuddi shunday seminar 2-4-sektor hududidagi mahallalar xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan Olmazor mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, seminar davomida "terimchilarni dalaga manfaat boshlab chiqishi lozimligi" taʼkidlanib, shunga munosib ravishda ish olib borish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -