“MAKTABIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN”
Sizga dastlabki ilmni bergan jonajon maktabingiz uchun kitob sovg‘a qilganmisiz?
Hurmatli tumandoshlar! Bugun Sizda o‘zingiz tahsil olgan ilm dargohi uchun xayrli ish qilishga imkon bor.
"1-oktyabr O‘qituvchi va Murabbiylar kuni" bayramiga qadar, yaʼni 1-oktyabr kunigacha tuman bo‘ylab “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasidagi tadbirda ishtirok etib, maktabingiz kutubxonasiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishingiz mumkin.
Unutmang! Siz sovg‘a qilgan kitoblardan farzandingiz, nabirangiz yoki yaqinlaringizning o‘g‘il-qizlari foydalanishadi.
Fursat g‘animat, o‘zingiz taʼlim olgan maktab tomon shoshiling!
Ayni paytda, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi yonida kitob yarmarkasi ham tashkil etilgan.