MAKTABGACHA TAʼLIM – TAʼLIM TIZIMINING ASOSIY BO‘G‘INI
Tuman hokimi IIB boshlig‘i hamrohligida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishish maqsadida bir qator mahallalardagi davlat bog‘chalarida bo‘ldi.
Xususan, Chimboy mahallasidagi 68-DMTT tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklar, xonalar ozodaligi, taomnomalar tartibi, oziq-ovqat xavfsizligi, tashkilot hududidagi tomorqa maydonlari holati hamda olib borilgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, bolajonlarga berilayotgan bilim va o‘rgatilayotgan ko‘nikmalar sifati ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Tuman hokimi aziz yurtimizning buyuk kelajagi farzandlarimiz qo‘lida ekanligi, ularga berilayotgan har bir saboq bunda muhim o‘rin tutishi, shu sabab hech birimiz bunga befarq bo‘lmasligimiz lozimligini taʼkidlab, soha masʼullariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.