Mahallalarda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda
💠 Pastarg‘om tumanining Chortut, Kamolot, Qozoq Nayman mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Tuman sektor rahbarlari mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ushbu mahallalar hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘l atrofini begona o‘tlardan tozalash, yo‘l chetiga tomchilatib sug‘orish usulida ekilgan gul ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qaratish, bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘zlarining uy va yordamchi inshootlari oqlash, hovli va tomorqasini tartibga keltirish borsida targ‘ibot qilish borasida ko‘rsatmalar berildi.