insurez
12-09-2025 14:49

KUN TARTIBIDA – ELEKTR TAʼMINOTINI YAXSHILASH MASALASI


Pastdarg‘om tumanida kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, Hududiy elektr tarmoqlarining viloyat boshqarmasi boshlig‘i, prokuror va tegishli masʼullar ishtirok etgan uchrashuvda, mazkur masala yuzasidan olib borilayotgan hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Unda, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumini betalofat o‘tkazish choralarini ko‘rish, havo elektr tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash, yangi havo tarmoqlarini tortish, elektr tarmoqlari va elektr podstansiyalardagi turli nosozliklarni bartaraf etish, oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini yana-da kuchaytirish borasidagi aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarini ko‘zdan kechirib, aholiga xavfsizlik qoidalariga amal qilish va elektr energiyasini tejash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Teglar
- -