insurez
06-05-2025 18:15

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH - BARCHAMIZNING USTUVOR VAZIFAMIZ!


Samarqand viloyati va Pastdarg‘om tuman prokurorining tegishli farmoyishlariga asosan, tumanimizdagi davlat idora va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish muhitini yaratish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tuman prokuraturasi tomonidan taʼlim va tibbiyot sohasi, tijorat banklari kabi jami 64 ta korxona, tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirlarida har bir sohadagi korrupsiya xavfi mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar, tamagirlik, korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvi kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tuman prokurori tomonidan o‘rganish natijalari tashkilotlarga biriktirilgan mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘z vazifasiga loqaydlik bilan qaragan 10 nafardan ortiq masʼullar kelgusida o‘z xizmat vazifasini talab darajasida tashkil etishlari yuzasidan ogohlantirildi.

Teglar
- -