insurez
16-04-2025 15:50

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI


Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tumandagi oliy va professional taʼlim dargohlari masʼullari hamda korxona-tashkilotlar xodimlari jalb qilingan o‘quv mashg‘ulotlarida mutaxassislar tomonidan korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabab va oqibatlari, unga qarshi kurashish tizimini yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va hududiy kengashlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tildi.

Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan test sinovlari olinib, har bir idora xodimining korrupsiyaga oid qonunlarni bilish darajasiga baho berildi va sertifikatlar topshirildi.

Teglar
- -