insurez
28-01-2026 16:58

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI!


Ijtimoiy himoya milliy agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati  boshqarmasi tashabbusi bilan agentlikning Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, xodimlar faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolarning oldini olish, mehnat jarayonini samarali va sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida ochiqlik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -