KO'RK OCHAYOTGAN GO'ZALKENT
Go'zalkent mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" tamoyili asosida hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahalla "yettiligi" uchun yangi zamonaviy mahalla binosi homiylik mablagʻlari hisobidan barpo etildi.
Istiqlol shodiyonalari doirasida mazkur mahallaning ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat mas'ullari, sektor rahbarlari, nuroniylar, faol fuqarolar, mahalla "yettiligi" ishtirok etdi.
Shuningdek, mahallada ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar va islohotlar e'tirof etilib, bu kabi ezgu ishlarga barcha birdek hissa qoʻshishlari lozimligi ta'kidlandi.