KO‘P QAVATLI QURILISH OBYEKTLARIDA ISH QIZG‘IN
Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan ko‘z quvnaydi. Shu kunlarda yana ko‘p qavatli uylar barpo etilmoqda.
"Farovon Charxin" MCHJ tomonidan qurilayotgan 84 xonadonli, 6 qavatli, "Piramida Goldin Rich" MCHJ tomonidan 40 xonadonli, 5 qavatli, "Mashʼal Trans" MCHJ tomonidan 72 xonadonli, 5 qavatli uylar qurilyapti.
Bugun, tuman hokimi prokuror hamda tegishli o‘rinbosari hamrohligida tumanda yangidan barpo etilyotgan ko‘p qavatli uylar qurilish maydonida bo‘ldi.
Qurilish sifati va usta quruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Masʼullarga esa ko‘zga tashlanayotgan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, qisqa fursatlarda, sifatli holatda aholi foydalanishi uchun topshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ushbu ko‘p qavatli uylar subsidiya asosida uy olish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun alohida imkoniyat yaratadi.