insurez
16-04-2025 15:53

JONKUYAR VA FIDOIY XODIMLAR EʼTIROF ETILDI


Pastdarg‘om tumanida Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda, tumanimizda ayni vaqtda mazkur sohada faoliyat olib borayotgan jonkuyar xodimlar hamda uzoq yillar tumanimiz madaniyati, sanʼati rivojiga hissa qo‘shgan faxriy ustozlar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib ushbu soha xodimlarining yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish va tarannum etishdagi mehnatlarini eʼtirof etib, barchalarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng sohaning eng faol xodimlariga, ijodkorlarga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -