JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHDA MAHALLA TIZIMINING O'RNI
Tuman IIB boshlig‘i tumandagi barcha "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda mahalla tizimi xodimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish, probatsiya nazoratidagi shaxslarni qayta jinoyat yo'liga kirmasligi borasida mahalla tizimi va faollarining o'rni xususida so'z yuritildi.
Shuningdek, o'quv seminari ham tashkil etilib, bunda joriy yilning 2-sentyabridan, 2-oktyabrga qadar respublika bo'ylab o'tkazilayotgan "Xavfsiz kibermakon" profilaktik tadbiri bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e'tibor qaratildi.
Shu kabi, aholi o'rtasida kibermadaniyatni shakllantirish bo'yicha tushunchalar berildi.