#Jarayon
Pastdarg‘om tumani IIB binosida "Xavfsiz hudud" monitoring markazi tashkil etildi.
Bunda, tuman markazi zamonaviy video kuzatuv moslamalari bilan jihozlandi va yagona boshqaruv tizimi yo'lga qo'yildi.
Uning asosiy vazifasi, jamoat tartibini saqlash, tumanimizda ro'y berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda bu borada tezkor tartibda ishlashdir.
Ayni paytda, viloyat IIB masʼullari sektor rahbarlari, tuman IIB shaxsiy tarkibi va faol nuroniylar ishtirokida ushbu zamonaviy markazning ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Ezgulik yo'lida xizmat qiluvchi obyekt ishga tushishi oldidan Qur'on tilovat qilinib duoga qo'l ochildi.