insurez
03-10-2025 18:27

ICHKI YO‘LLAR RAVON BO‘LMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 665-sonli qaroriga muvofiq, tumanimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda harakat xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Po‘latchi mahallasining ichki ko'chalarida 1,5 kilometr masofadagi asfaltlashtirish ishlari olib borildi.

Ma'lumot uchun, mazkur qaror asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 15 kilometrga yaqin ichki yo'llarga asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan bo'lib, hozirga qadar 12 kilometr masofadagi yo'llar asfaltlashtirildi.

Teglar
- -