insurez
29-01-2025 09:10

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Pastdargʻom tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Pastdargʻom tumanining “Goʻzalkent” mahallasida tuman sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Namunali xavfsiz koʻcha“ va “Namunali xavfsiz yoʻlak“ joriy etish borasida qilinayotgan ishlar oʻrganildi.

Shuningdek, respublika ishchi guruhi tumanda “Xavfsiz bozor” namunasini yaratish, videokamera, signalizatsiya, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi uskuna, avtoturargoh tashkil etish boʻyicha Pastdargʻom tumanidagi Juma dehqon bozorida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Ishchi guruhi aʼzolari Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlarida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijrosini taʼminlash choralarini koʻrmoqdalar.

Teglar
- -