Hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli
💠 Kecha Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli bilan tanishgandi. Obodonlashtirish ishlari bilan tanishishni tuman markazi Juma shahridan boshlanib, Nurobod hamda Kattaqo‘rg‘on tumani chegarasigacha davom ettirgandi.
Bugun kechagi belgilab bergan vazifalar ijrosini o‘rgandi. O‘rganish davomida hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Berilgan vazifaga mas’uliyatsiz qaragan mas’ullar esa ogohlantirildi.
Shuningdek, hokim fuqarolar bilan ham uchrashib, o‘z xonadonlari va tegishli obektlarini ham obodonlashtirish, tartibga keltirish bo‘yicha tushuntirdi.