insurez
26-01-2026 16:54

HUDUDLAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA


Pastdarg‘om tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvarda “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son hamda va "2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikni barvaqt profilaktikasi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-2-son qarorlari mazmun-mohiyatini mahalla yettiligi hamda “Ijtimoiy profilaktika subyektlari"ga yetkazish bo‘yicha seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, IIB boshlig‘i, prokuror o‘rinbosari, viloyat SSB boshlig‘i o‘rinbosari mahalla masʼullari ishtirok etgan uchrashuvda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika ishlariga alohida eʼtibor qaratish kabi yana bir qator dolzarb masalalar hamda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib, ushbular yuzasidan kelgusi rejalar belgilab olindi.

Teglar
- -