insurez
23-02-2026 16:26

HUDUDLAR BO‘YLAB...


Tumanimizdagi "og‘ir toifaga" kiritilgan Qorasuv mahallasi infratuzilmasi va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash maqsadida, ushbu hududda 3 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 2 dona suv inshooti bunyod etish, 2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish, 1kilometr ichki ariqlarni betonlashtirish kabi yana bir qator ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Tuman hokimi J.Pardayev birinchi o‘rinbosari, tegishli masʼullar va "mahalla yettiligi" bilan uchrashib, mazkur mahallani obod qilish borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, faollar, ko‘chaboshilar va mutasaddilar ishtirokida bu borada aholi tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Go‘zalkent mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati va ularda istiqomat qilayotgan fuqarolar muammolari joyida o‘rganilib, ularning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari, ushbu hududdagi ijtimoiy soha obyektlari jumladan, 13-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, birlamchi tizimni aholiga yana-da yaqinlashtirish, tibbiy soha sifatini yaxshilash xususida tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Teglar
- -