insurez
19-10-2024 18:48

#HOZIR


Aytish kerakki, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir.

U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, balki atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismi hamdir.

Tumanimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili minglab ko‘chatlar o‘tqazilib, parvarishlanmoqda.

Pastdarg’om tumanida ushbu loyihaning bu yilgi mavsumiga start berilgani xususida xabar qilgan edik.

Ayni paytda, 1-sektor hududi Qo'shquduq mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga tuman hokimi tumandagi barcha tashkilot va korxonalarning ko‘ngilli vakillari hamda faol fuqarolar tomonidan 1000 tupga yaqin mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilyapti.

Uyushqoqlik bilan olib borilayotgan bu xayrli ishlar tabiatni asrash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik soflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Teglar
- -