insurez
17-10-2024 18:42

#Jarayon


Ayni paytda, tuman hokimi tuman prokurori va tegishli mas'ullar hamrohligida Juma shahridan Samarqand shahrigacha bo‘lgan hududda o‘rganish olib bormoqda. O'rganish ishlari Charxin hududidan Super qo‘rg‘onigacha bo'lgan hududlarda ham davom etadi.

Bunda, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilish barobarida, har bir obyektda va hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilanmoqda.

Shuningdek, binolar fasad qismini taʼmirlash va atrofni tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarlar berilyapti.

Teglar
- -