HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MAQSADIDA...
Yurtboshimizning joriy yildagi 1-sonli qarorida belgilangan, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida "Xavfsiz yo‘laklar" tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarga asosan, Pastdarg‘om tumanida aholiga qulaylik yaratish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli dastur hamda hashar yo‘li orqali piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda.
Bu boradagi marralar joriy yil uchun ancha yuqori olingan bo‘lib, ayni paytda ishlar qizg‘in tus olgan.
Jumladan, Po‘latchi mahallasida joylashgan serqatnov ko‘chalardan birida ham, 1 kilometrdan ortiq masofaga "to‘siqsiz yo‘lak" bunyod etilmoqda.
Ayni kunlarda, tuman hokimligi tashabbusi, aholi birdamligi va homiylar ko‘magida amalga oshirilayotgan "to‘siqsiz yo‘lakning" qurilish ishlari davom etmoqda.
Umuman olganda, aholiga qulaylik yaratish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tumanimizning barcha hududlaridagi asosiy ko‘chalarda piyodalar yo‘lakchalari bunyod etilmoqda yoki, qayta qurilmoqda.