insurez
17-04-2025 16:06

HAR QARICH YERDAN UNUMLI FOYDALANISH LOZIM


Pastdarg‘om tumanida bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida samaradorlikni oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda intensiv dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida bog‘lar va uzumzorlarning qator oralariga ekin ekish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar, agronomlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ilg‘or tajribaga ega dehqonlar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan qator oralariga ekin ekishning agronomik jihatlari, hosildorlikka taʼsiri, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Sug‘orish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, zararkunandalarga qarshi kurashish, agrotexnik tadbirlarning vaqtida bajarilishi kabi muhim jihatlar muhokama qilindi.

Ushbu tajriba tuman bo‘ylab keng ommalashtirilishi, yerlarning har qarichidan samarali foydalanish orqali daromadni oshirish imkoniyatlari borligi taʼkidlandi.

Teglar
- -