insurez
24-02-2026 16:28

HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINIB, KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI


Tuman hokimi J.Pardayev tegishli mutasaddilar hamrohligida "mahalla yettiliklari" va ularga biriktirilgan masʼullar bilan zoom platformasi orqali navbatdagi muhokamani o‘tkazdi.

Unda o‘tgan hafta davomida bajarilgan ishlar va berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilar faoliyati tanqid ostiga olinib, qatʼiy ogohlantirildi.

Shu kabi, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlar obodligini saqlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, "Yashil makon" dasturi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, muhokamada mahalla raislari va joylardagi vakillar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, mahallalardagi mavjud muammolar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi hamda ular bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -