GULISTON VA XONCHORBOG' MFYLARI OBOD BO'LADI
Pastdarg‘om tumanidagi Guliston va Xonchorbog' mahallalarida "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" davlat dasturi asosida bir qator obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov, O'zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi rahbari, prokuror, IIB boshlig‘i, tegishli o'rinbosarlar, har ikkala "mahalla yettiliklari", ko'chaboshilar, nuroniylar va faol fuqarolar bilan uchrashib bu borada olib borilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha suhbat o'tkazdi.
Uchrashuvlarda har bir fuqaro o'z yashash hududini obod va so'lim go'shaga aylantirish uchun birdamlikda harakat qilishi lozimligi xususida so'z yuritildi.
Shuningdek, bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.