insurez
05-07-2024 12:00

GO‘ZALKENT YANADA OBOD BO‘LADI


Yurtimizda olis hududlarda yashovchi aholi yashash sharoitlarini yana-da yaxshilash borasida bosqichma-bosqich tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida Go‘zalkent mahallasida aholi istiqomat qiluvchi xonadonlarning yashash sharoiti, yangidan bunyod etilayotgan mahalla hamda xunarmandlar markazi, taʼmirdan chiqarilish arafasida bo‘lgan ijtimoiy soha obyektlari, obod qilib borilayotgan mahalla guzari, ko‘p qavatli xonadonlar va asosiy va ichki ko‘chalarda o‘rganish olib bordi.

O‘rganish natijalari yuzasidan ushbu mahallada istiqomat qiluvchi faollar, nuroniylar, yoshlar bilan muhokama o‘tkazdi.

Bunda, hududlarni obodonlashtirish, gulzorlashtirish, yo‘llar cheti, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi yashash xonadonlarini tartibga keltirish, qurilish ishlari olib borilayotgan bir qator obyektlarda qisqa muddatda qurilish shilarini yakunlab, aholi foydalanishiga topshirish zarurligi yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuv so‘ngida taklif va topshiriqlar mahalla fuqarolari tomonidan ijobiy qabul qilinib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ariqlarni tozalash, daraxtlarni hamda hududni tartibga keltirish ishlariga kirishildi.

Teglar
- -