insurez
27-08-2024 13:54

G‘ALLA YETISHTIRISHGA KIRISHILDI


Kelgusi yil hosili uchun tumanimizda 17936 gektar maydonlarda g‘alla yetishtirish maqsad qilingan. Shundan 4101 gektari ochiq maydonlarga, 13835 gektari esa, g‘o‘za qator oralariga ekilishi kutilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek MMTP hududidagi "Samarqand kamalak invest tekstil" MCHJga qarashli yer maydonida, 2025 yil hosili uchun g‘alla ekishga tayyorgarlik yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasi masʼullari, soha mutaxassislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, seminar davomida g‘alla ekishga yer maydonlarini tayyorlash, parvarishlash davomida o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurash yo‘llari bilan bog‘liq zarur tavsiya hamda tushunchalar berildi.

Shu qatorda, ekiladigan g‘alla navlarini ham tumanning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Teglar
- -