insurez
27-02-2026 16:45

FUQAROLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


Tuman Madaniyat uyida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman hokimi J.Pardayev, prokuror o'rinbosari, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan qabulda fuqarolar tomonidan 100 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.

998950271071

Teglar
- -