insurez
25-02-2026 16:31

FAZILATLI OY MUNOSABATI BILAN


Mehr - muruvvat, ahillik va shukronalik oyi bo‘lgan Ramazon oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish savobli amal.

Pastdarg‘om tumanida ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, ehtiyojmand fuqarolarning muammolari manzilli o‘rganilmoqda hamda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, kam taʼminlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar xonadonlariga Ramazon oyida berilayotgan bir martalik moddiy yordam (flayer) topshirilyapti.

Albatta, bu muborak oyda amalga oshirilayotgan har bir ezgu amal, har bir eʼtibor va g‘amxo‘rlik jamiyatimizda birdamlik hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi.

Teglar
- -