insurez
26-05-2025 14:23

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISHGA BARCHAMIZ MASʼULMIZ


Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda esa tezkorlik bilan to'g'ri choralar ko‘rish nafaqat tegishli mas'ullarning balki, butun jamiyatning burchi sanaladi.

Pastdarg‘om tumanida hamkor tashkilotlar ishtirokida o'tkazilgan amaliy seminarlar davomida ham, aholiga bu borada tushunchalar berildi.

Unda cho‘kayotgan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rgazma namoyish etildi.

Shuningdek, "Dolzarb 30 kunlik" tadbirlari doirasida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek aholi, ayniqsa bolalar o‘rtasida belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va taqiqlovchi belgilar o‘rnatildi.

Teglar
- -