EʼTIROF
Xabar berganimizdek, Bulung‘ur tumanida pomidor sayli bo‘lib o‘tmoqda. Bunda tumanlardan olib kelingan turli xil navdagi pomidorlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari namoyish etilyapti.
Festivalda o‘z ko‘rgazmalari bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faol qatnashganligi uchun Pastdarg‘om tumani dehqonlari yetishtirgan mahsulotlar hosilining sifati eng yuqori o‘ringa loyiq topildi.
Viloyat hokimi A.Boboyev tuman mutassadilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarni topshirdi.
Xushtaʼm hosil yetishtirayotgan tumanimiz dehqonlariga tasanno!