insurez
17-04-2025 16:02

EʼTIBOR MARKAZIDA: “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI


Tumanimizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan 12 toifadagi aholi qatlamiga 102 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Nogironligi bor fuqarolar bilan ishlash, bolalarni ijtimoiy himoya qilish, katta yoshdagilar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolg‘iz shaxslar bilan ishlash, ijtimoiy to‘lovlar, psixologlar hamda huquqiy maslahatlar kabi yana bir qator yo‘nalishlar shular jumlasidan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov mazkur markazda bo‘lib, uning faoliyati, holati, ish jarayoni, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, ushbu dargohga o‘z yumushi bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlashib, qilayotgan murojaatlari va ularning ijrosi bilan qiziqdi.

O‘rganishlar davomida Samarqand viloyati Patsdarg‘om tumanlararo tibbiy-ijtimoiy eksport komissiyasi faoliyati ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Komissiya aʼzolari bilan xizmat vazifasi bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati va murojaatchi fuqarolar uchun qulaylik yaratish masalalar xususida so‘z yuritildi. 

Shu kabi, murojaatlarni bartaraf qilish, har bir fuqaro masalasiga individual yondashish, xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash hamda xodimlarning masʼuliyatini oshirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -